
Bino va inshootlarni ta'mirlash, qayta qurish
So’nggi yillarda tipik loyihadagi binolar qurilishiga nisbatan ularni
ta’mirlashga bo’lgan talab keskin ortib bormoqda. Bu narsa mavjud binolardan
kengroq foydalanishda ularning texnik holatini doimiy ravishda nazorat qilib
borishni, ulardan to’g’ri va vazifasiga mos ravishda foydalanishni talab etadi. Bozor
iqtisodi sharoitida bino va inshootlarni ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari ishlab
chiqarishda yangi texnologiyalarning kirib kelishi, yangi, zamonaviy tovarlarni ishlab
chiqarishni yo’lga quyish talablaridan kelib chiqqan holda kapital qurilishda dolzarb
masalaga aylandi.

Bino va inshootlarning xavfsizligi va ishonchliligi
«Bino va inshootlarning xavfsizligi va ishonchliligi» fani 5A340201 “Bino va inshootlar qurilishi” (energiya samarali binolar) yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Ushbu fan 2-kursning 3-semestrida o'qitilib, 36 soat ma'ruza va 36 soat amaliy mashg'ulotdan iborat.

ENERGIYA SAMARALI BINOLARNI LOYIHALASH
«Energiya samarali binolarni loyihalash» fani 5A340201 -Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo'yicha)
mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash o‘quv rejasining maxsus blok
fanlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Ushbu fan 1-kurs 1-2-semestrlarida o'qitilishi rejalashtirilgan bo'lib, jami o'quv soati 90 soat bo'lib, shundan
Kuzgi semestrda 30 soat ma'ruza va 14 soat amaliy mashg'ulotdan iborat
Bahorgi semestrda 30 soat ma'ruza va 16 soat amaliy mashg'ulotdan iborat

ILMIY - TADQIQOT METODOLOGIYASI
«Ilmiy- tadqiqot metodologiyasi» fani 5A340201 “Bino va inshootlar qurilishi” (inshootlar turi bo'yicha)
mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash o‘quv rejasining maxsus blok
fanlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Ushbu fan 1-kursning 1-semestrida o'qitilib, 30 soatni tashkil etadi.
Shundan 14 soat ma'ruza va 16 soat amaliy mashg'ulotdan iborat.

Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
ўқув меъёрий хужжатларнинг мазмуни
ва мохияти, Ўзбекистон Республикасида касбий таълимнинг ривожланиши, таълим
тизими ислохатлари, узлуксиз касб-хунар таълими тизимида ўрта махсус таълимнинг
ўрни, касб таълимининг усул, шакл ва воситалари билан боғлик бўлган
тушунчаларни ўрганишда «Махсус фанларни ўқитиш методикаси» фани алохида ўрин
тутади.

Quriq issiq iqlim sharoitida shaharsozlik
“Quruq issiq iqlim sharoitida shaharsozlik” fani 5A340201–“Bino va
inshootlar qurilishi” mutaxassisligi bo’yicha magistrlarni tayyorlash o’quv rejasini
mutaxassislik fanlari tarkibiga kiradi. Quruq issiq iqlim sharoitida shaharsozlik
fanida Loyihalashtirilayotgan binolarni xududlarga joylashtirish uchun qurilish
rayonlarining iqlimiy sharoitlarini xisobga olish talab qilinadi.
Bu fanda O’zbekistonning issiq quruq iqlim sharoitida aholi yashash joylari
bosh tarhini loyihalashni nazariy va amaliy masalalari yoritiladi.