Kaliyli tuzlar ishlab chiqarish nazaryasi va texnologik hisoblari
Soddiqov Fatxiddin

Kaliyli tuzlar ishlab chiqarish nazaryasi va texnologik hisoblari

Fanni o’qitishdan maqsad – magistrlarga kaliy tuzlarini ishlab chiqarish usullari, kaliyli xom ashyolar, xlorli tuzlardan xlorsiz tuzlar olish usullari, ishlab chiqarishning nazariy asoslarini, jihozlarning ishlash maromini, texnologik jarayonlarni jadallashtirish va takomillashtirish yollarini o'rgatish asosida, ularda amaliy masalalarni hal qilish taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, ularni o'zlarining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o'rgatish, hamda egallangan bilimlari bo'yicha, ko'nikma va malakalarini shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - magistrlarni kaliyli ma’danlar, ularni qayta ishlash usullari, xlorli tuzlardan xlorsizlarini olish texnologiyalari, hamda kaliyli tuzlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan eritish, kristallantirish, filtratsiya, tozalash, boyitish, flotatsiya, konversiya jarayonlarini fizik-kimyoviy taxlil qilib, qulay sharoitlarni aniqlab, jarayonni jadallashtirish yo'llari, texnologik sxemalari, asosiy apparatlaening tuzilishi va ishlash printsiplarini o'rgatish, hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.