Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo (IV-semestr)
Sarimsakova Nilufar

Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo (IV-semestr)

Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo fanining vazifasi analiz qilinadigan  namunaning sifat va miqdor  tarkibini, molekulyar formulasini aniqlash, moddalarning fizikaviy xossalari, kolloid eritmalarni hosil bo’lishi, ularni xossalari, ishlab chiqarishdagi ahamiyati va hokazolarni o’rganishdir.

Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo  talabalarga kimyoviy analizning nazariy asoslarini va usullarini, atrof-muhitdagi xar xil obetlarning elementlar kimyoviy tuzilishini, ta’minlaydigan usullarning ma’lumotlaridan foydalanib chuqur bilim berish ularda manitiqiy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. 

Murabbiylik va axborot soati (kimyoviy va oziq-ovqat kafedrasi)
Bakiyeva Hayotxon

Murabbiylik va axborot soati (kimyoviy va oziq-ovqat kafedrasi)

Ma’naviyati yuksak shaxslargina yurtni jahonga tanitishga qodirdirlar. Shaxsni esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon haqiqatdir. Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!» degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi.


ORGANIK VA FIZIKAVIY KIMYO (1-kurs)
Bakiyeva Hayotxon

ORGANIK VA FIZIKAVIY KIMYO (1-kurs)

Hozirgi kunda qurilish sohasida texnologiyalarning rivojlanishi natijasida tabiiy xom-ashyolarni zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida qayta ishlash bilan sun’iy va sintetik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qator korxonalar vujudga kelgan. Mazkur kimyo sanoati korxonalari orasida noorganik moddalarni qayta ishlovchi qator korxonalar borki, ularda polimer, lok-bo’yoq, sun’iy va sintetik tolalar, erituvchi va ekstragentlar, sintetik yoqilgi, surkov moylari va ularga qo’shiladigan prisadkalar ishlab chiqarish bilan respublikamiz iqtisodiyotga o’z hissalarini qo’shib kelmoqda. Bu esa kimyo sanoatining turli sohalarida faoliyat olib boruvchi olim-muxandislarni organik kimyoni yaxshi bilishlarini taqozo etadi.

“Organik va fizikaviy kimyo” fani umumta’lim fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, talabalar uni 2-semestrda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar kimyo fanidan yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi lozim.

Shuningdek, qurilish materiallarini tayyorlashda zarur bo’lgan fizik kimyo qonuniyatlarini bilish ham talabalarni kelejakdagi faoliyatlarida asqotadi.


Organik va fizikaviy kimyo (2-kurs)
Bakiyeva Hayotxon

Organik va fizikaviy kimyo (2-kurs)

Hozirgi kunda qurilish sohasida texnologiyalarning rivojlanishi natijasida tabiiy xom-ashyolarni zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida qayta ishlash bilan sun’iy va sintetik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qator korxonalar vujudga kelgan. Mazkur kimyo sanoati korxonalari orasida noorganik moddalarni qayta ishlovchi qator korxonalar borki, ularda polimer, lok-bo’yoq, sun’iy va sintetik tolalar, erituvchi va ekstragentlar, sintetik yoqilgi, surkov moylari va ularga qo’shiladigan prisadkalar ishlab chiqarish bilan respublikamiz iqtisodiyotga o’z hissalarini qo’shib kelmoqda. Bu esa kimyo sanoatining turli sohalarida faoliyat olib boruvchi olim-muxandislarni organik kimyoni yaxshi bilishlarini taqozo etadi.

“Organik va fizikaviy kimyo” fani umumta’lim fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, talabalar uni 2-semestrda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar kimyo fanidan yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi lozim

QURILISH KIMYOSI
Bahodir Mamurov

QURILISH KIMYOSI

Fanni o’qitishdan maqsad – «Qurilish kimyosi» fani talabalar bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida, talabalarni modda (atom va molekulalar) tuzilishga doir nazariyalarning rivojlanishi, qurilish kimyosini juda muhim mavzularini o’zlashtirish uchun yo’naltiradi. Tabiiy boyliklarning tarqalishi, tarkibi va xossalari, ulardan kerakli moddalarni ajratib olish jarayonlarini o’rganish va moddalarni qurilish sanoatida qo’llash (bog’lovchi materiallarning tarkibi (sement , gips, shisha, keramika, polimer moddalar ), ularning olinishi, tabiatda uchrashi va kimyoviy xossalarini o’rgatadi.) qurilish kimyosi fanining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Fanning vazifasi – «Qurilish kimyosi» fanini ilmiy va amaliy jihatlarini o’rganish; qurilish kimyosi fanining qurilish va xalq xo’jaligidagi roli katta ahamiyatga ega ekanligini talabalarga tushuntirish; qurilish kimyosi fani haqida umumiy tushunchalar berish va fanning ahamiyati to’g’risida talabalar bilimlarini chuqurlashtirish; qurilish kimyosi fanini ilmiy va amaliy asoslarini o’rgatishdan iborat. Bunda ilmiy uslublar, qonun, gipoteza, nazariya va ta’limotlardan foydalaniladi. Bularni o’rgatish dunyodagi ilm fanda erishilayotgan yutuqlar va yangiliklar bilan qo’shib olib boriladi.

QURILISH KIMYOSI (43, 44, 45, 46, 47 -YM -20 yo`nalishlari-bahorgi  semestr)
Yuldasheva Madina

QURILISH KIMYOSI (43, 44, 45, 46, 47 -YM -20 yo`nalishlari-bahorgi semestr)

Ushbu kurs 1-kurs YM-yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, 15soat ma`ruza va 15soat laboratoriya mashg`ulotlaridan iborat

Umumiy va anorganik kimyo_(KimT)
Bakiyeva HayotxonShamshidinov IsrailjonGulnoza Qodirova

Umumiy va anorganik kimyo_(KimT)

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda mantiqiy fikrlash, kimyoviy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda fan mazmuniga kiritilgan bo‘limlardan egallagan bilimlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kimyoviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fanning vazifasi – talabalarga kimyoning umumiy qonuniyatlarini, kimyoviy elementlar va ular birikmalarining tarkibi, tuzilishi, olinish usullari, xossalari, qollanilish va boshqalarni o‘rgatishdan iborat.


Umumiy va noorganik kimyo_(AtMM)
Shamshidinov IsrailjonGulnoza Qodirova

Umumiy va noorganik kimyo_(AtMM)

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda kimyo fanida mavjud bo‘lgan tushuncha, nazariya va qonunlarni o‘rganib, uning mohiyatiga ega bo‘lish, moddalarning tuzilishi, tarkibi, xossalarini hamda ularning bir turdan boshqa turga o‘tish sabablari va oqibatlarini bilish, kimyoviy hisoblashlarni bajara olish, davriy sistema elementlari ular birikmalarining tabiatda uchrashi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va ularning ishlatilishini o‘rgatish hamda texnologik jarayonlarni o‘rgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

 Fanning vazifasi – kimyoviy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, hozirgi zamon texnikasida kimyoviy qonunlarni qo‘llash, texnikada qo‘llanilayotgan jihozlar, ashyolar, moddalarni tuzilishi va xossalari bilan tanishish, kimyoviy axborot yig‘ish va ularni o‘zaro ayriboshlash, laboratoriyalarni rejalashtirish, ularni amalga oshira bilish va bajarish uchun kerakli moddalar, jihozlardan foydalana olish bo‘yicha yetarli darajada bilim va ko‘nikmalar orttirish, olingan bilim va ko‘nikmalardan zarur hollarda va kasb faoliyati davomida talab darajasida foydalana olishdan iborat.