Ushbu dastur elektr zanjirlarining asosiy qonunlari, elektr mashinalar ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, elektron yarim o'tkazgich asboblar xaqida umumiy tushunchalarni o'z ichiga oladi.

Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar fanini o'qitish ma'ruza, tajriba, amaliy mashg'ulot, hamda auditoriyadan tashqari mustaqil ishlardan iborat bo'lib, bunda yangi pedagogik texnologiyaning interfaol usullaridan foydalanish hamda o'qitishning zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Fanni o'qitishdan maqsad-talabalarda elektr zanjirlardagi jarayonlar xaqida nazariy tushunchalarni shakllantirish, hamda elektr va magnit zanjirlaridagi asosiy qonuniyatlarni o'rgatishdir.

Fanning vazifasi - elektr zanjirlarida va elektr magnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarini hosil bo'lishi va o'zgarish qonuniyatlarini o'rgatishdir.

Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

-elektrotexnikaning fizik asoslari, o'zgarmas, o'zgaruvchan va uch fazali tok zanjirlari, nochiziqli elektr zanjirlar, nosinusoidal elektr miqdorlar, elektromagnit maydon nazariyasi haqidagi bilimlarga ega bo'lishi kerak;

-o'zgarmas, o'zgaruvchan va uch fazali tok zanjirlarini hisoblash,  elektr mashinalar ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, elektr yuritmalar, elektron yarim o'tkazgich asboblar xaqida umumiy tushunchalarga hamda o'qitish metodikasi bo'yicha ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;

-elektrotexnikaning asosiy qonuniyatlarini amalda qo'llash, elektr zanjirlarni yig'ish va uning parametrlari o'lchash, tajriba natijalarini nazariy bilimlar asosida qayta ishlash va nazariy bilimlarni amalda tekshirish malakalariga ega bo'lishi kerak.

Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar fani barcha texnik yo'nalishi mutaxassislik fanlarini asosi xisoblanib, har bir yo'nalishning o'quv rejasiga asosan o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika,  fizika, nazariy mexanika) fanlaridan yetarli bilim va ko'nikmalariga ega bo'lishini talab etadi.