
BOG‘LANGAN AZOT ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIK HISOBLARI
Fanni o‘qitishdan maqsad - magistrantlarga bog‘langan azot birikmalarining asosiy, keng miqyosda qo‘llanadigan hillarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini, xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini, ularni ishlab chiqarish nazariy asoslarini, ishlab chiqarish usullari, texnologik tizimlari, jixozlarning ishlash asoslari, texnologik jarayonlarini jadallashtirish va takomillashtirish, amaliy masalalarini hal qilishni o‘rgatish xamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini xosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, yuqori samarali kasb faoliyati texnologik jarayonlar va ular haqida fundamental bilimlar asosida magistrantlarda bog‘langan azotli moddalarini ishlab chiqarish nazariyasini o‘rgatish, apparatlar va uskunalarda bo‘ladigan jarayonlarning umumtexnologik, moddiy va issiqlik hisoblarini bajarish yo‘llarini o‘rgatish, ekzotermik reaksiyalar issiqliklaridan unumli foydalanish muammolarini hal qilish va chiqindisiz texnologiyalarni yangi xillarini yaratish yo‘llarini o‘rgatish, bog‘langan azotli moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha Respublikamizda va xorijiy davlatlar ilg‘or yutuqlarini tahlil qilishni o‘rgatish, bog’langan azot birikmalarini ishlab chiqarish ko’lamlari, ularning tan narxini kamaytirish, samaradorligini oshirish masalasini tahlil qila olish, yangi texnik yechimlarga, jarayon va uskunalar ratsionalizatsiyasiga texnik-iqtisodiy baho berish, soha texnologiyalarini atrof-muhit, ekologik masalalarini e’tiborga olib o‘rganish va texnologik jarayonlarga avtomatik va distantsion boshqarishlarni qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish xamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.

Mineral o`g`itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari
Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrlarga mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish usullari, ishlab chiqarishning nazariy asoslarini, jihozlarning ishlash maromini, texnologik jarayonlarni jadallashtirish va takomillashtirish yo‘llarini o‘rgatish asosida, ularda amaliy masalalarni hal qilish tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, ularni o‘zlarining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallagan bilimlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga mineral o‘g‘itlar va tuzlar ishlab chiqarish texnologiyalari, jihoz va qurilmalari bilan tanishtirish hamda ulardagi texnologik hisoblarni bajarishni o‘rgatishdan iborat. Magistrlarni mamlakatdagi xomashyo va energiya holatini, mintaqada kelgusida xomashyo va energiya muammosini hal qilish va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishini taraqqiy qilish, tarmoq normalarini va xavfsizlik qoidalarini o‘zlashtirish, apparatlar va uskunalarni joylashtirish, kundalik texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish, chiqindilardan foydalanish muammosini hal qilish va chiqindisiz texnologiyani joriy qilish, mineral o‘g‘itlar, tuzlar va kislotalar ishlab chiqarish texnologiyasini respublikamiz va xorij bo‘yicha ilg‘or yutuqlarini tahlil qilish kabi masalalarni yecha olishga yetarli bo‘lgan bilimlarni egallashni, ularning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishni o‘rgatish hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.